Yangiliklar - Batafsil

IMG-BLOG
20 Yanvar, 2020

Yangi tadbirkorlar bilishi zarar bo'lgan maslaxatlar

Tadbirkorlik faoliyati (bundan keyin TF deb yuritiladi) bilan shug’ullanish uchun avvalambor siz o’z firmangizga ega bo’lishingiz kerak. Buning uchun siz o’zingiz yashayotgan shaharning hokimligiga borib, firma ochishlik niyatingiz borligini aytasiz. Buning uchun ba’zi ma’lumotlarni oldindan tayyorlab borsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi:
1) Firmangizga uchun nom
2) Yer (offis, uy) kadastri bilan bog’liq hujjat tasdiqnomasi. (Xoxlang o’z uyingizniki, xox offisingiz binosiniki )
3) O’zingizni tasdiqlovchi hujjatlar (Passport)
4) Firmangiz muhri
5) Bankda hisob raqam
(Bular haqida to’liq ma’lumotni, hokimlik beradi. Umumiy hujjat ishlari sizga o’rtacha 200-300 ming so’m atrofida to’g’ri keladi.) Xo’sh firma ochdingiz, endichi? Endi siz o’z yo’nalishingizni tanlaysiz: 1) Xizmatlar-(Paynet, yetkazib berish, mahsulot tashish, o’rnatish…) Bunday faoliyat talabalar, yangi ish boshlaganlar uchun ayni muddao. Chunki, bular unchalik qimmat emas, qo’rqitadigan deyarlik hech qanday havf yo’q. 2) Ishlab chiqarish mahsulotlari-ya’ni agar siz qandaydir mahsulot ishlab chiqarsangiz ularni keng ko’lamda sotishingiz kerak. Buning uchun ancha-muncha tajriba kerak bo’ladi. 3) Qurilish ishlari-bu turdagi faoliyat, eng daromadli va shu paytning o’zida eng ko’p diqqat, mas’uliyat, e’tibor, pul, asab talab qiladigan faoliyatdir. Chunki, bu turdagi faoliyatning ko’lami o’rtacha- 2 000.000 so’mdan boshlab-10 mlrd miqdorgacha balki undan ham ko’proqqa cho’zilishi mumkin. Shuning uchun ham tajribasi yo’qlar bunday ishlarni avval obdon o’rganib keyin boshlash maqsadga muvofiq.

Ma'lumotlar

Ushbu sahifada tadbirkorlik faoliyatiga bog'lik barcha yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin